Anchelotti Ispaniya qonunchiligining o'ziga xosligi tufayli qamoq jazosini o'tamaydi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun qamoqqa tushmaydi. Ispaniya qonunchiligiga ko'ra, zo'ravonliksiz jinoyat uchun ikki yildan kam bo'lgan har qanday jazo kamdan-kam hollarda ilgari sudlanmagan ayblanuvchidan qamoq jazosini o'tashini talab qiladi, deb xabar beradi ESPN.
Avvalroq, "Real"ning sobiq bosh murabbiyi soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun bir yil qamoq va 386 ming evro miqdorida jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Ispaniya prokuraturasi italiyalik mutaxassisni 2014 yil (386 361 evro) va 2015 yil (675 718 evro) soliq yillarida poytaxt klubidagi ilk faoliyati davomida 1 062 079 evro miqdoridagi firibgarlikda aybladi.