Ana xolos! Rodrigo "Tottenxem"ga o'tishga yaqin turibdi

Braziliyalik vinger Rodrigoning "Real"dagi kelajagi tobora noaniq bo'lib bormoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchini "Tottenxem"ga ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda, chunki "Los Blankos" bosh murabbiyi Xabi Alonso uni o'z rejalariga kiritmayapti.
Rodrigo "Osasuna"ga qarshi o'yin uchun tarkibga kiritilmadi, bu esa uning ketishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi. Ilgari unga "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirishgan edi, ammo endi bu klublar to'liq transfer g'oyasiga sovuqqonlik qilishmoqda. "Shporlar" futbolchini ijaraga olishga va uning maoshini to'liq to'lashga tayyor, bu esa kelishuvni eng ehtimoliy qiladi.
Avvalroq, "Real" Rodrigoni 100 million evroga baholagandi, biroq ijara uning bozordagi qiymatini saqlab qolishning bir yo'li bo'lishi mumkin.
Hali ham hujumni kuchaytirishi kerak bo'lgan "Tottenxem" uchun braziliyalikning kelishi hal qiluvchi qadam bo'lishi mumkin. Rodrigoning o'zi ham bu transferdan manfaatdor, chunki u "Real" ierarxiyasida Kilian Mbappe va Vinisiusga yutqazmoqda.