"An-Nasr" Komanga qancha maosh taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi

"An-Nasr" Kingsli Komanga shartnoma taklif qildi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni klubi "Bavariya" bilan vinger transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagani ma'lum bo'lgandi.
"An-Nasr" frantsiyalik futbolchiga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan va uning maoshi yiliga 20-25 million evroni tashkil etadi.
Hozircha Kingsli Koman ushbu taklif bo'yicha bir qarorga kelgani yo'q. Shuningdek, saudiyaliklar ham hali myunxenliklarga rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Koman o'tgan mavsumda Bundesligada 28 ta o'yinda 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.