"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin.

Koora portali xabariga ko'ra, 30 yoshli portugaliyalik futbolchiga "An-Nasr" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Riyodliklar "MYu"dan Brunu Fernandeshni qo'lga kirita olmagach aynan Bernardu variantiga o'tishgan.

Silva hozirda Transfermarkt portalida 38 million evroga baholanmoqda. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.