Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi yana bir nomdor futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "An-Nasr" "Bavariya" vakili Kingsli Koman bo'yicha muzokaralarni boshlagan. 29 yoshli frantsuz saudiyaliklar uchun vinger pozitsiyasiga ustuvor nomzod bo'lib turibdi.

"An-Nasr" tarkibida bir necha yildan buyon yulduz Krishtianu Ronaldu to'p tepib kelmoqda. Joriy yozda klub transfer bozorida faol ish olib bormoqda va kelgusi mavsumda sovrinlar uchun kurashishni istamoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Kingsli Komanni 30 million evroga baholamoqda.