"An-Nasr" "Bavariya"ga Koman uchun qancha to'lamoqchi?

"An-Nasr" Kingsli Koman uchun taxminan 30 million evro to'lashga tayyor.
Saudiya Arabistoni klubi "Bavariya" bilan vingerning ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, "An-Nasr" Myunxen klubiga taxminan 30 million evrolik taklif bilan chiqmoqchi.
Avvalroq, frantsiyalik futbolchiga yiliga 20-25 million evro maoshli shartnoma taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kingsli Koman o'tgan mavsumda Bundesliganing 28 o'yinida 5 gol va 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.