"An-Nasr" "Arsenal" futbolchisi bilan muzokara olib boryaptimi?

So'nggi paytlarda matbuot "An-Nasr"ni "Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli bilan bog'lamoqda.
Biroq, insayder Fabritsio Romano xabar berganidek, bu ma'lumot hozircha haqiqatdan yiroq. "An-Nasr" Martinelli bilan muzokaralar olib bormayapti - saudiyaliklar vinger pozitsiyasi uchun boshqa maqsadlar ustida ishlamoqda.
24 yoshli Gabriel Martinellining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchini 55 million evroga baholamoqda. Oldinroq "An-Nasr" Krishtianu Ronalduga tarkibni kuchaytirishga va'da bergani xabar qilingandi.