Amorimdan yana bir antirekord

"Manchester Yunayted" Ruben Amorim qo'l ostida APLda so'nggi 16 yil ichida eng tez 15 o'yinda mag'lub bo'ldi.
Mankunianliklar 28 ta o'yinda shuncha bor mag'lub bo'lishga ulgurdi (Premer-liganing yangi klublari natijalari inobatga olinmadi).
2009 yilda "Portsmut" Pol Xart qo'l ostida 27 o'yinda 15 ta mag'lubiyatga uchragandi.
Bir kun avval "Manchester Yunayted" APL-2025/26 1-turida "Arsenal"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1).