Amorim Xyoylundning o'yiniga baho berdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Vest Xem"ga qarshi mavsumoldi o'yinida hujumchi Rasmus Xyoylundning harakatlaridan mamnun.
Uchrashuv shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi bo'lib o'tdi va "qizil iblislar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mankunianliklar sardori Brunu Fernandesh dubl qayd etdi. Daniyalik hujumchi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqagacha o'ynadi.
"Menga Rasmusning o'yini juda yoqdi: uning yugurishi, yakkakurashlarda ishtiroki, jamoadoshlari bilan o'zaro munosabati. U ajoyib ish qildi," - dedi portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Rasmus Xyoylund Premer-liganing o'tgan mavsumida 32 ta o'yinda 4 ta gol urgan.