Amorim Sheshko haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim mankunianliklarning so'nggi transferlariga izoh berdi. Ingliz klubi tarkibi kecha "RB Leyptsig"dan kelgan Benyamin Sheshko bilan to'ldirildi.
"Unda bizga kerak bo'lgan barcha xususiyatlar bor. U juda yosh. U havoda yaxshi o'ynaydi, zonalarga yorib kiradi va to'p bilan muomala qiladi. Uning salohiyati katta deb o'ylayman. O'ylaymanki, u sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin va, shubhasiz, klubimizda o'zini o'z uyidagidek his qiladi," - dedi Amorim.
Murabbiyning qo'shimcha qilishicha, Sheshko "Manchester Yunayted"ga mos xarakterga ega.