"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o'z jamoasida "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Balebani ko'rishni istamoqda.

Portugaliyalik murabbiyning fikricha, kamerunlik futbolchi 3-4-3 sxemasida maydon markazida o'ynash uchun juda mos keladi, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano. 21 yoshli futbolchini o'z tomoniga og'dirib olish esa amri mahol, chunki "chaykalar" uni sotishni istamayapti va juda katta narx belgilagan.

Transfermarkt talqiniga ko'ra, Karlos Balebaning narxi 40 mln evroni tashkil etadi. Xavbekning "Brayton" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va uni yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyati mavjud.