Amorim Mbeumoning "Manchester Yunayted"da qachon o'ynay olishi haqida gapirdi

"Manchester Yunayted"ning yangi a'zosi Brayan Mbeumo hozircha jamoaning mavsumoldi o'yinlarida ishtirok etmayapti.
Shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi "qizil iblislar" o'rtoqlik uchrashuvida "Vest Xem"ni mag'lub etdi (2:1). "Brentford"dan xarid qilingan kamerunlik hujumchi mankunianliklar qaydnomasidan o'rin olmadi.
"Bornmut"ga qarshi navbatdagi o'yinda ham Mbeumo maydonga tushmaydi. Umid qilamizki, u "Everton"ga qarshi yig'inning so'nggi o'yinida maydonga tusha oladi," - dedi Amorim intervyuda.
"Bornmut" va "Everton" bilan bahslar mos ravishda 31 iyul va 4 avgust kunlari bo'lib o'tadi.