Amorim "Manchester Yunayted"ga yangi darvozabon tanladi

"Manchester Yunayted" transfer oynasi yopilgunga qadar darvozabonlar pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
"Qizil iblislar"ning maqsadi "Aston Villa" vakili Emiliano Martines bo'lib qolmoqda. Birmingem klubi allaqachon "Yunayted"ga rad javobini bergan, argentinalikning o'zi esa Manchesterga ko'chib o'tish uchun ochiq. Jurnalist Herman Garsiyaning yozishicha, mankunianliklar vakillari "villa"ning 32 yoshli posboni bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, uni sotib olishdan shaxsan jamoa etakchisi Ruben Amorim manfaatdor.
Xabaringiz bor, "Manchester Yunayted" "Aston Villa"ga ijara variantini taklif qilgan edi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, Martinesning narxi 20 mln evroga teng. Jahon chempionining amaldagi shartnomasi 2029 yilda o'z nihoyasiga etadi.