Amorim "Lids"ga qarshi o'yin haqida: "Jamoaga tezlik etishmadi"

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim "Lids" bilan o'rtoqlik uchrashuvi natijalari haqida fikr bildirdi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi.
"Jamoaga tezlik etishmadi, ayniqsa, maydon markazida. Lekin biz imkoniyatlar yaratdik. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Bu ikki xil tarkibga ega Premer-liga klubiga qarshi birinchi sinov edi, shuning uchun ham yaxshi sinov bo'ldi", - dedi Amorim klubi rasmiy saytiga.
Jamoa tez orada AQShga yo'l oladi va u erda Premer-liga klublari bilan 3 ta o'yin o'tkazadi.