"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Mateus Kunya haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi "Vest Xem"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (2:1) markaziy hujumchi Rasmus Xyoylund ortida harakat qildi.

"Kunya avvalgi klubida ham ozmi-ko'pmi shunday tizimda o'ynagan. Bu top-o'yinchi, u turli pozitsiyalarda o'ynashga qodir," - deya Amorimning izohlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o'tamiz, Mateus Kunya "Manchester Yunayted"ga yoz boshida "Vulverxempton"dan ko'chib o'tgan edi. Transfer qiymati taxminan 74 mln evroni tashkil etdi.