Amorim klubning obro'yini qaytarmoqchi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning fikricha, jamoa kelajakda Angliya va Evropaning eng yaxshi jamoalari darajasiga qaytadi.
«Manchester Yunayted» yana APL va Chempionlar ligasida g'alaba qozona oladimi? - Hech qanday shubham yo'q.
Bu klubda sotib bo'lmaydigan narsalar bor: nasl-nasab, tarix, muxlislar.
Chempionlar ligasisiz ham pulimiz bor. Bularning barchasi bilan yana eski obro'ni qaytarishimiz mumkin", - deya Amorimning so'zlarini keltiradi BBC.