Amorim: "Kamida 20 yil shu erda qolmoqchiman"

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoada uzoq vaqt qolish orzusi haqida gapirdi.
"Men kamida 20 yil shu erda qolmoqchiman. Bu mening maqsadim, men bunga chin dildan ishonaman. Natijalar bunga ta'sir qilishini bilamiz. O'tgan mavsumda men barcha ishonch kreditlarini sarflab bo'ldim, lekin qaytadan boshlashga tayyorman. "Sporting"da ham xuddi shunday vaziyat bo'ldi, hamma 3 oydan keyin meni ishdan bo'shatishlarini aytishdi. Klub almashtirishni yoqtirmayman. Odamlar bilan aloqa o'rnatib, shu erda qolmoqchiman," - deya Amorimning so'zlarini keltiradi The Telegraph.
O'tgan mavsumda "Manchester Yunayted" APLda o'n beshinchi o'rinni egalladi va Evropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga yutqazdi.