Amerika kompaniyasi "Atletiko" aktsiyalarini sotib olmoqchi

Amerikaning Apollo Global Management xususiy investitsiya kompaniyasi Migel Anxel Xil Marin bilan "Atletiko"ga ko'p million dollarlik sarmoya kiritish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda bir nechta manbalarga tayanib, Expansion xabar berdi.
Marin klubga egalik qiluvchi Atlético Holdco kompaniyasining asosiy aktsiyadori bo'lib, 70,39% ulushga ega. Manbalardan birining xabar berishicha, Apollo kompaniyasi Atlético Holdco aktsiyalarining nazorat paketini sotib olishdan manfaatdor, biroq barchasi muzokaralarning borishiga bog'liq bo'ladi.