Madridning "Real" klubi yangi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso undan nima talab qilishini aytdi.

"Xabi Alonso mendan nimani talab qiladi? Boshqa o'yinchilardan talab qiladiganini - bu libos va g'alaba uchun maydonda bor kuchimizni berishimizni. Men ko'p narsani kutyapman, lekin eng avvalo, sovrinlarni qo'lga kiritishni davom ettirishni", - dedi 22 yoshli ispaniyalik futbolchi.

"Real" uni 50 million evroga "Benfika"dan sotib oldi.