"Vest Xem Yunayted" tayanch yarim himoyachisi Edson Alvares faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" 27 yoshli meksikalik futbolchi bo'yicha "bolg'achilar" bilan rasmiy muzokaralarni boshladi. Transferni shaxsan Joze Mourino istamoqda.

Transfermarkt Alvaresni 25 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.