Alonso "Real" yulduzini yangi pozitsiyada sinab ko'rishga tayyor

Insayder Xorxe Si Pikonning so'zlariga ko'ra, "Los-Blankos" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning yosh iste'dodi Endrikning pozitsiyasini o'zgartirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
O'tgan mavsumda Karlo Anchelotti qo'l ostida Endrik ko'pincha cheklangan o'yin vaqtiga ega edi. 2025/26 yilgi mavsumda 18 yoshli forvard Kilian Mbappe va JCh-2025 yulduzi Gonsalo Garsiya bilan hujum markazidan joy olish uchun kurashishi kerak, bu esa yana muntazam o'yin etishmasligiga olib kelishi mumkin.
Bu borada Xabi Alonso muqobil variantlarni ko'rib chiqmoqda. Pikon xabariga ko'ra, murabbiy Xendrikni o'ng qanot vingeri sifatida ishlatish variantini ko'rib chiqmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Endrik klub miqyosidagi barcha turnirlarda maydonda atigi 847 daqiqa o'tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.