"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Yuventus"dagi faoliyati orqali yaxshi taniydigan hujumchi Dushan Vlaxovich bilan yana bir bor ishlashga umid qilmoqda. Aynan serbiyalik futbolchi "rossonerilar" murabbiyining ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. 25 yoshli futbolchining o'zi "Milan"ga o'tishga tayyor, ammo moliyaviy masala jiddiy muammoligicha qolmoqda.

Dushan Vlaxovichning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi, shu bois "keksa sinora" joriy transferlar davrida futbolchi bilan xayrlashishga intilmoqda. Transfermarkt portali forvardning narxini 35 mln evroga baholamoqda.