Allegri "Milan" o'yinidan xursand

Yaqindagina "Milan" ustoziga aylangan Massimiliano Allegri "rossonerilar"ning "Liverpul" ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi. O'rtoqlik o'yini 26 iyul kuni Gonkongda bo'lib o'tdi va italiyaliklarning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi (4:2).
"Ishning dastlabki uch haftasida jamoa o'zini qanday ko'rsatayotganidan mamnunman. Menga futbolchilarning faol harakat qilishga va raqibga o'z o'yinini o'tkazishga harakat qilishi yoqadi. To'p bizda bo'lsa - vaziyat yaratamiz, yo'q bo'lsa - tartibli va vahimaga tushmasdan himoyalanamiz," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sport Italia.