Allegri "Milan"ning o'tgan mavsumini muvaffaqiyatsiz hisoblamaydi

"Milan"ning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa uchun o'tgan mavsumni klub uchun muvaffaqiyatsiz deb hisoblamaydi.
"Futbol aniq fan emas. Ba'zi mavsumlar unchalik yaxshi o'tmaydi, lekin bu jamoaning qadr-qimmati yo'q degani emas. O'tgan mavsumda "Milan" Superkubokni qo'lga kiritdi va turnir finalida Italiya kubogi uchun kurashdi, ya'ni yaxshi, shonli yutuqlar ham bo'ldi," - deya Allegrining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Kelasi haftada boshlanadigan Italiya chempionatining ilk turida "Milan" "Kremoneze"ga qarshi bahs olib boradi.