"Milan"ning yangi murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya klubi 23 avgustda boshlanadigan A Seriyasining navbatdagi mavsumi yakunida qanday maqsadga erishishi kerakligini aytib o'tdi.

"Men asosiy maqsadga - 2026/27 yilgi Chempionlar Ligasiga chiqishga e'tibor qaratmoqdaman, chunki bu brend va klub uchun moliyaviy jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega," - deb mutaxassisning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Allegri belgilangan vazifaning ancha murakkabligini ta'kidlab, shu sababli jamoaga yaxshilab ter to'kishga to'g'ri kelishini aytdi.