Allegri klub himoyachisi borasida bir qarorga keldi

"Milan" himoyachisi Malik Tiav so'nggi kunlarda doimiy ravishda transfer yangiliklariga sabab bo'ldi.
23 yoshli germaniyalik futbolchiga "Nyukasl", "Bayer" va "Yuventus" kabi klublar qiziqish bildirmoqda.
Bu fonda "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Tiavni yo'qotishni istamayapti. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Allegri mavsumoldi jarayonlardagi yaxshi o'yinlarini hisobga olib, futbolchini klubda saqlab qolmoqchi.