Alisson "Liverpul" qarorgohini tark etdi

APLning amaldagi chempioni Alisson shaxsiy muammolarni hal qilish uchun jamoaning Tokiodagi yig'inini tark etdi.
Liverpool Echo xabariga ko'ra, 32 yoshli braziliyalik golkiper Yaponiyadan Buyuk Britaniyaga qaytgan. U kecha jamoaning ochiq mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.
Alisson mavsumoldi yig'inlarida jamoani tark etgan 3-futbolchi bo'ldi. Avvalroq, Jo Gomes jarohat sabab, Luis Dias esa "Bavariya"ga o'tishi munosabati bilan klub qarorgohini tark etgan edi.