Alisher Mirzaev “Visakha” bilan shartnomani uzaytirdi

O'zbekistonlik yarim himoyachi Alisher Mirzaev Kambodjaning “Visakha” klubi bilan shartnomani uzaytirdi.
28 yoshli futbolchi 2019 yildan beri ushbu mamlakat chempionatida to'p surib keladi.
Mirzaev 2012 yilda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib chiqqan.
O'shanda Dilshod Nuraliev murabbiyligidagi jamoada Otabek Shukurov, Sarvar Karimov, Izzatilla Abdullaev, Dostonbek Hamdamov va Shohruh Eshbo'taev kabi futbolchilar to'p surgan.