"Barselona" chap qanot himoyachisi Alexandro Balde Gamper kubogi doirasidagi "Komo"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv ertaga, 10 avgust kuni tungi soat 23:59'da start oladi.

"Komo"ga qarshi o'yin o'zgacha bo'ladi, bu mavsumoldi so'nggi o'yini va o'ylaymanki biz mavsumoldini yaxshi o'tkazdik. Biz La Liga startiga tayyormiz", - dedi Balde.

"Barselona" Primeradagi ilk o'yinini 16 avgust kuni "Malorka"ga qarshi safarda o'tkazadi.