Alen Mashovich “Qizilqum”ni tark etdi

Mavsum boshidan "oltin izlovchilar" sharafini himoya qilib kelgan serbiyalik vinger Alen Mashovich o'zaro kelishuv asosida klubni tark etdi.
Navoiyliklar safida jami 12 ta o'yinda maydonga tushgan Alen o'z hisobiga 4 ta gol va 1 ta gollik uzatmani yozdirib qo'ygan edi.
Avvalroq jamoani gruziyalik Elguja Lobanidze ham tark etgandi.