"Nyukasl" hujum chizig'i etakchisi Aleksandr Isak yana jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytdi.

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 25 yoshli shvetsiyalik forvardning kelajagi noaniq bo'lib turibdi. "Hakkalar" hali hamon Isakning ketishi uchun eshiklarni ochmagan.

Forvardga "Liverpul" jiddiy da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq ularning 110 million funt sterlinglik taklifi rad etilgan edi.