Aleksandr Isak "Nyukasl" mashg'ulotlariga qaytadi

"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak tez trada klub bazasiga qaytadi va jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettiradi, deya xabar berdi Devid Ornshteyn.
Avvalroq, 25 yoshli shvetsiyalik forvard Ispaniyada "Real Sosedad" bazasida individual mashg'ulotlarni davom ettirayotgan edi.
"Hakkalar" uning uchun "Liverpul"dan kelgan 110 million funt sterlinglik rasmiy taklifni rad etdi. Jamoa 150 million funt olmoqchi.