Transfer huquqi "Liverpul"ga tegishli bo'lgan urugvaylik hujumchi Darvin Nunes Saudiya chempionatiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoga ma'lum bo'lishicha, mamlakatning etakchi klublaridan biri - "Al-Hilol" rahbariyati mersisaydliklar bilan futbolchining transferi borasida kelishib olgan. Saudiya klubi Nunesning o'zi bilan shaxsiy shartnoma tafsilotlarini hal qilishi qoldi.

26 yoshli to'purar 2022 yilning yozida Angliya grandi safiga qo'shilgandi. Urugvaylik va "qizillar" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027/2028 yilgi mavsum oxirida tugaydi. Nunesning bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.