“Al-Hilol” Teo Ernandes uchun “Milan"ga 20+5 million evro taklif qildi.

Avvalroq himoyachi va Saudiya klubi 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Uning bu davrdagi maoshi 60 million evroni tashkil qiladi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, hali klublar o'rtasida kelishuvga erishilmagan.

"Milan" futbolchi uchun zudlik bilan 25 million evroni bonuslarsiz olishni istaydi.

O'tgan mavsumda frantsiyalik futbolchi A Seriyada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.