“Al-Hilol” Kin uchun qancha maosh taklif qilgani ma'lum

“Atalanta” hujumchisi Moyze Kin faoliyatini Saudiya chemponatida davom ettirishi mumkin.
Football Italia xabariga ko'ra, “Al-Hilol” klubi 25 yoshli italiyalik futbolchigi sotib olishni rejalashtirgan.
Saudiya jamoasi Kinga yiliga 20 million evro atrofida maosh to'lashga tayyor. Ushbu transferni jamoa ustozi Simone Indzage istamoqda. “Fiorentina“ hujumchining transferidan 52 million evro ishlab olmoqchi.
O'tgan mavsum Moyze Kin A Seriyada 32 ta uchrashuvda 19 ta gol urdi va yana 3 ta golga assist bo'lgan.