"Al-Hilol" Evropa grandlari nishonidagi forvardni sotib olmoqchi

"RB Leyptsig" hujumchisi Benyamin Sheshkoga "Al-Hilol" qiziqish bildirmoqda. Sloveniyalik futbolchi uchun asosiy da'vogar uzoq vaqtdan beri Londonning "Arsenal" klubi bo'lib kelgan va u allaqachon Viktor Dyokeresh foydasiga tanlov qilgan ko'rinadi. Shuningdek, 22 yoshli futbolchiga Evropaning etakchi chempionatlaridagi boshqa grandlar ham qiziqish bildirmoqda. Ingliz OAV ma'lumotiga ko'ra, istiqbolli hujumchini "Al-Hilol" o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. Saudiya klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rgan, biroq u faoliyatini Evropada davom ettirish istagi tufayli rad javobini bergan.
Benyamin Sheshkoning narxi Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 70 mln evroga baholanmoqda. O'tgan mavsumda hujumchi "qizil buqalar" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.