Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi yarim himoyachisi Frank Kesse faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Ben Jeykobs xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga hozirda Angliyaning "Tottenxem", "Vest Xem", "Vulverxempton" hamda "Lids" klublari qiziqish bildirmoqda. "Ahli" ivuarlik futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Kesse Transfermarkt portalida 14 million evroga baholangan. U Saudiya klubi safida jami 77 ta o'yinda 14 ta gol urib, 9 ta assist bergan.