Aksel Vitselga La Liga klubi da'vogarlik qilmoqda

"Real Sosedad" Aksel Vitselga qiziqish bildirmoqda.
Belgiyalik 36 yoshli yarim himoyachi "Atletiko"dan ketganidan keyin erkin agentga aylangandi.
Jurnalist Sasha Tavolerining ta'kidlashicha, "Sosedad" rahbariyatiga futbolchining universalligi yoqadi.
Shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar allaqachon bo'lib o'tgan. Vittselning o'zi ham La Ligada o'ynashni istaydi.