Shanba kuni TsSKA va “Rubin” Rossiya chempionatining 4-turi doirasida o'ynaydi. Qizig'i, bu o'yin Moskva jamoasi darvozaboni Igor Akinfeev uchun Rossiya Premer-ligasidagi 600-o'yin bo'ldi.

Chempionatning avvalgi 599 o'yinida Akinfeev 499 ta gol o'tkazib yuborgandi. Ma'lum bo'lishicha, “armiyachilar” sardori RPLda 600-uchrashuvida 500-golini o'tkazib yubordi.

Raqamlarning haqiqiy sehri! 39 yoshli Igor Akinfeevning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha TsSKA bilan bog'langan.