Litvaning Trakay shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazildi.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi ilk bor dunyo birinchliklarida sovrindor bo'ldi. Murosasiz bahslarda hamyurtlarimiz 2 ta kumush medalni qo'lga kiritishdi.

JW2 yo'nalishida Rayhon Sattorova va Aydana Smetullaeva juftligi marra chizig'ini ikkinchi bo'lib bosib o'tdi. Jamol Turg'unov esa JM1x yo'nalishida shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildi.