Adidas klublar o'rtasidagi jahon chempionati uchun yangi to'pni taqdim etdi(foto)

Germaniyaning Adidas sport brendi AQShda bo'lib o'tayotgan 2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim final o'yinlari va finalida foydalaniladigan yangi to'pni taqdim etdi.
"Shahar chiroqlari ostida shon-shuhrat. Klublar o'rtasidagi 2025 yilgi jahon chempionati finalining rasmiy to'pi bilan tanishtiramiz", deyiladi X ijtimoiy tarmog'idagi adidas akkauntida.

Eslatib o'tamiz, dastlabki yarim final o'yinida Braziliyaning “Fluminense” va Londonning “Chelsi” klublari o'zaro kuch sinashadi. Yana bir juftlikda “Real Madrid” va Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoalari o'ynaydi. Turnir finali 13 iyul kuni bo'lib o'tadi.