Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi bolaligida "Bavariya"ni qo'llab-quvvatlaganini tan oldi.

Nemis futbolchisi 2010 yildan 2011 yilgacha Myunxen klubining akademiyasida shug'ullangan. "Yolg'on gapirishimga hojat yo'q.

Men bolaligimda "Bavariya"da o'ynaganman, klub va Aren Robbenning ashaddiy muxlisi bo'lganman. Ammo yoshim ulg'aygan sari "Borussiya"ning sovrinlar uchun kurashi menga ko'proq yoqdi, bu erda har doim ajoyib o'yinchilar bor edi.

O'zim "Borussiya"da o'ynayman va har soniyadan zavqlanaman, shuning uchun men bu erga ko'chib o'tishga qaror qildim", - deya 23 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.