Bungacha Madridning “Real” klubida o'ynagan 38 yoshli darvozabon Adan faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.

Tajribali darvozabon “Istiqlol” safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Tomonlar bir mavsumga mo'ljallangan qisqa muddatli mehnat shartnomasini imzoladilar. Adanning Evropadagi so'nggi klubi Portugaliyaning "Sporting" jamoasi edi.