Toshkentning "Paxtakor" klubi tayanch yarim himoyachisi Abdurauf Bo'rievga Evropadan qiziqish bo'lmoqda.

Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchini Gretsiyaning "AEK" va Ispaniyaning "Andorra" (Segunda klubi) o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.

Bo'riev hozirda Transfermarkt portalida 500 ming evroga baholangan. Uning "sherlar" bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Bo'riev joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, gol yoki golli uzatma bermadi.