Abdulla Abdullaev “Paxtakor”dan ketdi

“Paxtakor” himoyachisi Abdulla Abdullaev “Navbahor”ga qarshi o'yindan so'ng jamoani tark etgan.
Futbolchi kelgusi faoliyatini Eron yoki BAA chempionatida davom ettirishi mumkin. Tez orada bunga rasman oydinlik kiritiladi.
Abdullaev ilgari ham BAA chempionatida o'ynagan. “Paxtakor” libosida bu mavsumda 14 ta o'yinda maydonga tushdi. O'zbekiston terma jamoasi bilan JCh-2026 yo'llanmasiga ega bo'ldi.