Abdug'ani Kamolov jamoasini o'zgartirdi

O'zbekistonlik himoyachi Abdug'ani Kamolov jamoasini o'zgartirdi.
Futbolchi mavsumni Qirg'izistonning “Abdish Ata” jamoasida boshlagandi.
Kamolov mavsumning ikkinchi qismini “Bishkek Siti” jamoasida o'tkazadi. Tomonlar shu yilning 31 dekabrga qadar shartnoma imzoladilar.
U “Abdish Ata” tarkibida barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U raqiblar darvozasiga 1 ta gol urdi va 3 ta golli pasni amalga oshirdi. Qolaversa, “Abdish Ata” bilan Superkubokni qo'lga kiritdi.