Abbosdan o'zbekona iltifot

Abbosbek Fayzullaevning jamoadan ketishiga TsSKA PFKning uzoq yillik darvozaboni va sardori Igor Akinfeev javob qaytardi.
O'zbekistonlik yarim himoyachi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi bir kun avval ma'lum bo'lgandi. U Istanbulning "Bashakshehir" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Akinfeev uning transferi haqidagi xabardan so'ng Fayzullaev haqida xushchaqchaq hazil qildi. Igorning aytishicha, Abbosbek unga palov (o'zbek milliy taomi) berib, uchib ketgan. Darvozabon yosh yarim himoyachiga omad tiladi.
“U meni palovga ilintirdi va uchib ketdi.Omad, Abbosik", — deb yozadi Akinfeev ijtimoiy tarmoqda.