Kecha Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi TsSKAdan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaevni sotib oldi.

21 yoshli futbolchimiz o'z Instagram sahifasida moskvaliklar bilan xayrlashdi.

"TsSKA rahbariyati va murabbiylariga, xususan Vladimir Fedotov hamda Marko Nikolichdan juda minnatdorman. Bu klubda sidqidildan mehnat qilib, muxlislar ishonchini oqlashga harakat qildim. Jamoadoshlarim va klub xodimlariga ham tashakkur. Ular meni iliq kutib olishdi. TsSKA orqali terma jamoada o'z o'rnimni topdim, Olimpiadada qatnashdim va jahon chempionatiga yo'llanma oldik. TsSKA va uning muxlislaridan minnatdorman. Klub doim qalbimda qoladi.

Endi men "Bashakshehir" futbolchisiman. Bu — yangi bosqich va katta imkoniyat. Turkiya madaniyati bizga yaqin, chempionat esa kuchli va raqobatbardosh. "Bashakshehir" bilan Evrokuboklarda o'ynash menga katta ilhom beradi. Klubga yordam berishga tayyorman", dedi Fayzullaev.