Rossiya Superkubogi uchun kechgan bahsda Moskvaning TsSKA klubi "Krasnodar" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "harbiylar" hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevga klubdagi kelajagi haqida savol berildi.

"Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, ko'p mehnat qildik. Muhim o'yin, kuchli raqib. Bu TsSKAdagi so'nggi o'yinmi? Bu haqda gapirishni istamayman," - deydi futbolchi "Match TV" telekanali efirida.

Avvalroq, matbuotda 21 yoshli futbolchiga Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.