Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshexir" uchun muvaffaqiyatli tibbiy ko'rikdan o'tdi

Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Istanbul Bashakshexir"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Sport24'ning vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berishicha, tez orada turk klubi "harbiylar"ga bir to'lovda 7,5 million evro jo'natadi va poytaxt klubi pulni olgach, transfer imzolanadi. Qayd etilishicha, kelishuv uch mavsumga mo'ljallangan bo'lib, Evropa klublari uchun tovon puli belgilanadi.
"Bitim 99 foizga bajarildi. Agar barcha hujjatlar o'z vaqtida yopilsa, hafta oxirigacha Fayzullaevning transferi e'lon qilinadi," - dedi manba.